ShahrisabzSHTB.uz

Shahrisabz shahridagi 1-oilaviy poliklinika – 5 ta mahalla, 23 700 nafardan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatayotgan sog‘liqni saqlash maskani. Rahbar Amir Baratov boshchiligidagi jamoa 2022-yil 5-noyabrda Ma’rifat mahallasida qurilgan zamonaviy binoda faoliyat boshlagan.

Poliklinikada bugungi kunda 20 nafar oliy ma’lumotli shifokor aholi salomatligini asrash yo‘lida xizmat qilmoqda. O‘tgan yili ular “Tashabbusli byudjet” tanlovida g‘olib bo‘lib, zamonaviy UZI tashxis apparatini qo‘lga kiritishdi. Endi shifokor Iroda Boshmonova ushbu uskuna orqali aniq tashxis qo‘yib, bemorlar salomatligini samarali nazorat qilmoqda.

Jamoa bu yil ham “Tashabbusli byudjet” tanlovida qatnashib, yangi tibbiy uskunalarni xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Tashabbus – taraqqiyotning boshlanishi!

So'nggi yangiliklar

Ishonch telefoni

Qo'ng'iroq qiling

+998 (75) 522-20-58

(Qo'ng'iroq qiling)

Tashabbusli byudjet odimlari – salomatlik yo‘lida ishonchli qadamlar!