ShahrisabzSHTB.uz

Yurtimiz bo‘ylab aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, tibbiy ko‘rik va skrining tekshiruvlarini kengaytirishga qaratilgan “Salomatlik marafoni” tadbirlari Shahrisabz shahrida ham keng qamrovda boshlandi.

Shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida marafon uchun puxta tayyorgarlik ko‘rilib, UZI, statsionar momografiya, rentgen, EKG va laboratoriya tahlillari jadal amalga oshirilmoqda. Shuningdek, viloyat ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari filiallaridan yetakchi mutaxassislar ishtirok etib, aholiga malakali tavsiyalar bermoqda. Fuqarolar farzandlari bilan birga kelib, tekshiruvlarda faol qatnashmoqda.

Tadbir davomida Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev ishtirok etib, so‘zga chiqdi va “Salomatlik marafoni”ga rasmiy start berdi. U sog‘lom turmush tarzi va profilaktikaning ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Ushbu tashabbusni viloyatda birinchilardan bo‘lib yo‘lga qo‘ygan Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Olim Norboyev, shuningdek, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika rahbari Lola Ergasheva boshchiligidagi jamoa marafonni uyushqoqlik bilan yuqori saviyada tashkil etmoqda.

3–30 noyabr kunlari Shahrisabz shahrida tibbiy ko‘riklar davom etadi. Hurmatli hamshaharlar, ushbu imkoniyatdan foydalanib, tibbiy ko‘rikdan o‘ting va o‘zingizga sog‘lom hayot hadya eting. Profilaktik tekshiruv kasalliklarni erta aniqlashda juda muhim. Batafsil ma’lumot uchun oila shifokoringizga murojaat qilishingiz mumkin.

 

So'nggi yangiliklar

Ishonch telefoni

Qo'ng'iroq qiling

+998 (75) 522-20-58

(Qo'ng'iroq qiling)

“Salomatlik marafoni” Shahrisabz shahrida start oldi