Tibbiyot sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, elektron tizimlarni samarali ishlatish va faoliyatini sifatli tashkil etishda alohida o‘rnak ko‘rsatayotgan sog‘liqni saqlash muassasalaridagi AKT muhandislari hamda IT hamshiralari munosib taqdirlanib kelinmoqda.
🔵Ana shunday tadbirlardan yana biri bugun viloya sog`liqni saqlash boshqarmasida tashkil etildi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan 24 nafar mutaxassislarga sog‘liqni saqlash vazirligining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
🎁 Sovg‘alarni boshqarma boshlig‘i v.b. N.Qurbonov topshirdi hamda barcha mutaxassislarni samimiy tabrikladi.
Bu kabi e`tiroflar sohada mehnat qilayotgan mutaxassislarning mehnatini qadrlash, ularni yanada ruhlantirish va ilhomlantirishga xizmat qiladi.




Qashqadaryo viloyati sog’liqni
saqlash boshqarmasi matbuot xizmati





