ShahrisabzSHTB.uz

Xalqning sifatli tibbiy xizmatga bo‘lgan talabi ortib borayotgan bir paytda, Shahrisabz shahridagi tibbiyot xodimlari ham kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Maqsad-mavsumni talafotsiz o‘tkazish va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish.

Bugun shahar hokimi, shahar kengashi deputati Sherzod Bo‘riyev 2- va 3-son oilaviy poliklinikalarda bo‘lib, aholiga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi. U bemorlar bilan suhbatlashib, muassasa faoliyatidagi dolzarb masalalar bilan qiziqdi.

Uchrashuv davomida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, uy sharoitida yotib davolanayotgan bemorlar holidan muntazam xabar olish, dori-darmon ta’minoti, yuqumli va mavsumiy kasalliklarning oldini olish kabi yo‘nalishlarda tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. Shuningdek, bolalar salomatligi, atrof-muhit tozaligi, daraxt va gul ko‘chatlari ekish, shahar miqyosidagi tozalik va obodonlashtirish oyligida faol ishtirok etish masalalari ham muhokama qilindi.

So'nggi yangiliklar

Ishonch telefoni

Qo'ng'iroq qiling

+998 (75) 522-20-58

(Qo'ng'iroq qiling)

Shahrisabz shahar hokimi oilaviy poliklinikalarda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi