ShahrisabzSHTB.uz

Biz haqimizda

Shahrisabz shaxar tibbiyot birlashmasida 22 ta bo‘lim mavjud bo’lib, shundan 12 tasi o‘rin (koyka) ga ega.

Xodimlar

Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasida o’z ishining mutaxassislari bo’lgan malakali shifokorlar faoliyat olib boradilar.

Shahrisabz shaxar tibbiyot birlashmasida 2179 ta xodim faoliyat yuritadi. Shundan vrachlar — 258 ta (oliy toifali -85 nafar, 1-toifa -13 nafar, 2-toifa 17 nafar, Toifasiz 143 nafar, PhD 1 nafar). O‘rta tibbiyot xodimlari — 1410 ta. Kichik tibbiyot xodimlari — 415 ta. Boshqa xodimlari — 96 nafar.

0 +

Bo'limlar

0 +

Vrachlar

Tarix

Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi tashkil topishi

Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yunalishlari to’g’risida»gi PF-3923 sonli Farmoniga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007yil 02-oktabrdagi «Respublika tibbiyot muassasalari tashkil etishni takomillashtirish — chora-tadbirlari to’g’risida»gi PK-700— sonli qaroriga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2008yil 18.03dagi №48-sonli “Hududiy sog’liqni saqlash muassasalarining tashkiliy tuzilmasini va faolyatini takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muofiq markaziy tuman kasalxonasi, ko’p tarmoqli markaziy tuman poliklinikasi negizida tashkil etiladi.

“Farzandlari sog‘lom yurt qudratli bo‘lur, qudratli elning farzandlari sog‘lom bo‘lur”

Laboratoriya

Laboratoriya bo‘limi

Klinik

3 nafar oliy ma’lumotli vrach, 10 nafar o‘rta maxsus laborantlar, shulardan 2 nafari 1 toifali tibbiyot hodimi hisoblanadi. To’liq apparatlar bilan jihozlangan.

Biokimyoviy

Umumiy qon tahlili 22 tarkibda tekshirilmoqda. Umumiy peshob tahlili 20 tarkibida tekshirilmoqda. Najas taxlili 22 tarkibda tekshiriladi.

Bakteriologik

Bioximik taxlillarning 12 turdagi Laboratoriya bo‘limida tekshiriladi. V,S virusli gepatit, TORCh infeksiyasi va garmonlarni ham tekshiriladi.

smiling-mature-male-doctor-with-stethoscope-holding-laptop-isolated-on-white-e1625182645470.jpg
Bo'limlar va o'rinlar

Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi

Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi 340 o‘ringa muljallangan. Budjet o’rinlar 340 o’rin. Bulardan qabul bo‘limi, Travmatologiya bo‘limi -25 o‘rin, LOR bo‘limi-27 o‘rin, Urologiya bo’limi-25 o’rin, ShTYoB bo‘limi- 50 o‘rin (Tumanlararo Qo’shma shkastlanishlar o’tkir qon tomir markazi), Reanimatsiya bo‘limi, Terapiya bo‘limi – 25 o‘rin, Kardiologiya bo‘limi-25 o‘rin, Endokrinologiya bo‘limi-25 o‘rin, Nervologiya bo‘limi -25 o‘rin, Tug’ruq bo’limi-65 o‘rin, Patalogiya bo’limi-30 o‘rin, Genikologiya bo’limi-18 o‘rin va Fizioterapiya bo’limlaridan iborat. Tibbiyot birlashmasi tarkibida markaziy shahar ko’p tarmoqli poliklinika faoliyat yuritadi. Oilaviy shifokorlik poliklinika -3 ta (kunduzgi shifo o‘rinlari bilan), Xususiy davolash muassasalari -64 tani tashkil etib shahar axolisiga sifatli va samarali xizmat kursatib kelmoqda.

Signature.png
Norboev O. I.