Bo’lim faoliyati haqidagi ma’lumotlar
Shaxrisabz shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli Lor bo‘limi 27 o‘rin shifo o‘rniga ega bo‘lib, bo‘limda 2 nafar oliy toifali shifokor, 3 nafar oliy toifali o‘rta tibbiyot hodimi, 6 nafar ikkinchi toifali o‘rta tibbiyot hodimi xamda 6 ta o‘rta tibbiyot xodimi faoliyat yuritadi. Kichik tibbiyot xodimlari 19 nafarni tashkil etadi. Lor bo‘limida davolash va jarroxlik amaliyotlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Bo‘limga surunkali tonzillit, gaymoritlar, sinusit, nansunisit, adenoid vegetatsiya, otitning barcha turlari, paratoizilyar absess, frontit, laringit,rinit, burun polipi, burun to‘sig‘i qiyshiqligi, nevritlar, farangit kasalligi bilan bemorlar murojaat etishadi va davolanib ketishadi.
Lor bo‘limida jarrohlik amaliyotlari yuqori saviyada olib borilmoqda. Shunlardan Tonziloektomiya, Gaymorotomiya, Adenotomiya, Burun to‘sig‘i sentoplastikasi, Burun suyagi sinishi renozitsiyasi. Surunkali mezotimpanitlarni radikal operatsiyalari muvafaqqiyatli olib borilmoqda.
Murojaatlar uchun
Ma’lumotlarni to’g’ri va to’liq kiriting
Kasallik organizmni kuchsizlantiradi. Bemor kuch-quvvat to`plash va tezroq davo topishi uchun uni maxsus parvarish qilish lozim. Bemorni parvarishlash odatda davolashning eng muhim qismidir.