Bo’lim faoliyati haqidagi ma’lumotlar
Tumanlararo Qo‘shma Shikastlanishlar O‘tkir Qon Tomir Kasalliklar Markazi 50 koykadan iborat bulib, 100 nafar shifokor faoliyat yuritadi. Shulardan 28 kunduzgi stavkada, qolganlari tunu kun navbatchilikda faoliyat yuritadi.
Kunduzgi bo‘limda faoliyat yuritadigan 28 nafar shifkorlardan, 14 nafar oliy toifali , 6 nafar birinchi, qolganlari 2 chi toifaga ega. O‘rta tibbiyot hodimlari 161 nafar, kichik tibbiyot hodimlar 76 nafarni tashkil etadi.
Bo‘limga asosan Shoshilinch ravishda Gipertoniya, IYuK, Appendesit, o‘tkir xolitsistit, Gemoroy, Oshqozon yarasi, quyishlar, O‘tkir miokard infarkti, Insult va ayollar kasalliklari va boshqa kasalliklar bilan murojaat etishadi. Markazda yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari ham o‘tkazib kelinmoqda. Barcha turdagi Laparoskopiya operatsiyalari ham yuqori saviyada o‘tkazib kelinmoqda. O‘tkir xolitsistit, o‘tkir appenditsit , varikoz, gemoroy, mioma, kista, ichak tutilishi, bosh miya operatsiyalari, jarohatlanishdagi operatsiyalar va boshqalar.
Bo‘lim MSKT, Rentgen, UTT, Bronxoskop, Endoskop, EKG va laborator tekshiruvlar o‘tkaziladi. Bo‘limda kunu tun uzluksiz statsionar va ambulator tibbiy xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.
Bo‘limda homilador uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, chaqaloqlarni sog‘lom tug‘ilishi uchun tibbiyot hodimlari xizmat etmoqdalar.
Murojaatlar uchun
Ma’lumotlarni to’g’ri va to’liq kiriting
Kasallik organizmni kuchsizlantiradi. Bemor kuch-quvvat to`plash va tezroq davo topishi uchun uni maxsus parvarish qilish lozim. Bemorni parvarishlash odatda davolashning eng muhim qismidir.