ShahrisabzSHTB.uz

Travmatologiya bo‘limi

Bo’lim faoliyati haqidagi ma’lumotlar

Ma'lumot

Shahrisabz shahar Tibbiyot Birlashmasi negizida travmotologiya bo‘limi faoliyat olib boradi. Travmatologiya bo‘limi yangi 3 etajli binoning 3 qavatida joylashgan. Travmatologiya bo‘limi 25 o’rin joyga mo’ljallangan bo‘lib, 20 ta o’rin joy budjet hisobidan, 5 ta o‘rin joy hujalik hisobidan tashkil qilingan. Bo‘limda 4 nafar oliy ma’lumotli shifokorlar, 24 nafar o’rta tibbiyot hamshilari, 17 ta kichik tibbiyot hodimlari orastabonlar faoliyat olib borishadi.

     Travmatologiya bo‘limda bir yilda o’rtacha 1300 ta bemorlarga malakali sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. Travmatologiya bo‘limida qo’l va oyoqlar singan suyaklarni metal moslamalar bilan osteosintezlash, quyilgan metal moslamalarni olib tashlash, chanoq son va tizza bo‘g‘imlarini total endoprotezlash, yumshoq to’qimali xavfsiz xosilalarni olib tashlash, suyaklardan chiqqan xavfsiz suyak xosilalarini olib tashlash, artroskopik meniskektomiya, uzun naysimon suyaklar deformatsiyalarini osteotomiya qilish, shikastlangan paylarni tiklash, tortuvchi chandiqlarda teri plastikasi jarrohlik amaliyotlari bajariladi. Bo‘limda oyoq va qullarni tug‘ma va ortirilgan nuqsonlari hamda deformatsiyalari, chanoq son bug‘imi koksartrozi, tizza bug‘imi osteoartrozlari, umurtqa pog‘onasi disk churralari, tayanch harakat tizimi suyaklari sinishlari, yumshoq tuqimalar jarohatlari, umurtqa pog‘onasi va kukrak qafasi deformatsiyalari bo‘lgan bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatiladi.

Bo'limlar

Ishonch telefoni

24 soat davomida

Murojaatlar uchun

(75) 522-20-58

(Qo'ng'iroq bepul)

Murojaat yuborish

Ma’lumotlarni to’g’ri va to’liq kiriting

 

Bemorlarga doimiy g'amxo'rlik

Kasallik organizmni kuchsizlantiradi. Bemor kuch-quvvat to`plash va tezroq davo topishi uchun uni maxsus parvarish qilish lozim. Bemorni parvarishlash odatda davolashning eng muhim qismidir.