Amir Temur tavalludining 690 yilligi yubileyi oldidan “Amir Temur oyligi” doirasida tashkil etilgan mazkur ommaviy piyoda yurish tadbirida harbiy qism askarlari hamda mudofaa tizimi xodimlari tomonidan harbiy marsh mashqlari namoyish etilibdi.
Tadbirda Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev, yoshlar, faollar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Yangilanayotgan O‘zbekistonimizda osmonimiz musaffoligi, yurtimizda tinchlik va xotirjamlik hukmronligi ushbu harbiy tadbirda ham yaqqol namoyon bo‘ldi.







