ShahrisabzSHTB.uz

Bugun Zingiron MFY, Zingiron ko‘chasi 100-uyda istiqomat qiluvchi Muhammadieva Nasiba opa xonadonida ro‘zadorlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi.

Saxovatpesha insonlar tomonidan tashkil etilgan ushbu ehson dasturxonida qo‘ni-qo‘shnilar, nuroniylar va ro‘zadorlar jam bo‘lib, samimiy suhbatlar hamda duolar yangradi. Onaxon ham ko‘rsatilgan e’tibor va ehtiromdan mamnun bo‘lib, barchaga minnatdorlik bildirdi.

Iftorlik davomida yig‘ilganlar yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi uchun Yaratganga shukronalar aytib, ezgu tilaklar tilashdi.

Ramazon oyining bunday savobli amallari jamiyatimizda mehr-oqibat, ahillik va birdamlikni yanada mustahkamlaydi.

So'nggi yangiliklar

Ishonch telefoni

Qo'ng'iroq qiling

+998 (75) 522-20-58

(Qo'ng'iroq qiling)

Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi