Şahrisabz şahridagi Madaniyat saroyida Tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri taşkil etildi.
Unda Şahrisabz şahar hokimi Şerzod Böriyev, şahar hokimligi mas’ullari, şahar faollari, soğliqni saqlaş tizimi vakillari hamda soha fidoyilari iştirok etdi.
Tadbirda şahar hokimi sözga çiqib, tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi. Ularning aholi salomatligini muhofaza qiliş, kasalliklarning oldini oliş va fuqarolarga sifatli tibbiy xizmat körsatiş yölidagi mas’uliyatli mehnatini alohida e’tirof etdi.
Şuningdek, davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning Köksaroy qarorgohida tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan ötkazgan uçraşuvida ilgari surilgan ustuvor vazifalarga ham e’tibor qaratildi. Xususan, mamlakatimizda soğliqni saqlaş tizimini takomillaştiriş, birlamçi tibbiy yordam sifatini oşiriş, zamonaviy tibbiy xizmatlarni kengaytiriş, malakali kadrlar tayyorlaş hamda soha xodimlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan islohotlarning ahamiyati ta’kidlandi.
Şahar hokimi öz nutqida uşbu islohotlar tibbiyot va farmatsevtika sohasi vakillari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaşini qayd etib, aholi bilan muloqotda samimiylik, kasbiy mahorat va xizmat sifatiga doimiy e’tibor qaratiş zarurligini bildirdi.
Tantanali tadbir davomida öz kasbiga sadoqati, köp yillik samarali mehnati hamda soğliqni saqlaş tizimi rivojiga qöşgan munosib hissasi uçun bir guruh soha xodimlari taşakkurnoma va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Taqdirlaş marosimidan söng madaniyat xodimlari tomonidan tayyorlangan bayram konsert dasturi namoyiş etilib, iştirokçilarga kötarinki kayfiyat ulaşildi.














